Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan oʻzbek hip hop reperi Shaxzod Gʻulomov Toʻlqinovich, 1981-yil 10-oktabrda
Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan oʻzbek hip hop reperi Shaxzod Gʻulomov Toʻlqinovich, 1981-yil 10-oktabrda, Boʻka shahrida tugʻilgan.
1988-1998-yilgacha 2-chi maktabda oʻqigan.
Bolalikda judayam shoʻx boʻlgan, maktabda faxriy diplomlar bilan oʻqigan. Oʻquvchilik davridan tengdoshlari oʻrtasida turli xil tadbirlar tashkil qilgan, oʻqituvchilari bilan doʻstona munosobatda boʻlgan. Xarakteri — quvnoq, hazilkash, adolatli, aqlli boʻlgan. Shaxzod 14-15 yoshlaridan boshlab qoʻshiq yozishni va gitara chalishni boshlagan.
2000-2004-yilgacha Toshkent shahrida A. Qodiriy nomli madaniyat instituti ommaviy bayramlar rejissyor fakultetida oʻqigan.
2001-2003-yilgacha Oʻzbekiston televideniyesida TTV + yulduzlar koʻrsatuvida, soʻngra Radius 21 koʻrsatuvida muallif va boshlovchi boʻlib ishlagan.
2006-2008-yillarda „AKFA MEDIA“ yorligʻi bilan shartnoma asosida hamkorlik.
2007-2010-yillarda „Z-Bek“ guruhi bilan birgalikda bir nechta qoʻshiqlar yozilgan.
Shaxzod Gʻulomov 2010-yilning 12-sentabrda Piskent shahri postiga yaqin joyda avtohalokat sababli olamdan oʻtgan.